Ko’zni harakatlantiruvchi nerv

Ko’zni harakatlantiruvchi nerv (Nervus oculomotorius) — bosh miya nervlarinnng 3-jufti. Tolalari o’rta miyada joylashgan o’zakdan boshlanib, miya oyoqchalarining ichki yuzasidan o’tib, ko’z kosasining yuqori yorig’i orqali ko’z kosasiga kirib, yuqori va pastki tarmoqdarga bo’linadi. Yuqori tarmoqlarda yuqori qovoqni kutaradigan muskulga va ko’z soqqasining yuqori to’g’ri muskullariga tarqaladi. Pastki tarmog’i esa ko’zning ichki, pastki to’g’ri hamda qiyshiq muskuliga tolalar beradi. Pastki tarmoqning tarkibidagi parasimpatik tolalar ko’z qorachig’ini siquvchi, kipriksimon tana muskuliga tarqaladi.