KREMENCHUG MAGNIT ANOMALIYASI

KREMENCHUG MAGNIT ANOMALIYASI — Dnepr daryosining chap sohilidagi yirik temir rudasi rayoni, Ukrainaning Poltana viloyatida. Umu- miy maydoni qariyb 100 km2. K.m.a. 1924-28 y.larda topilgan. Qidiruv va razvedka ishlari 1931 y.da boshlangan. Temir rudasi 1970 y.dan Oliva boshladi. K.m.a.ning geologik tuzilishida tokembriyning kristalli va metamor- FIK jinslar (amfibolitlar, Kristal- li slaneslar, temirli kvarsitlar va b.) katvashgan. Ularning ustini umumiy qalinligi 600-800 m li paleozoy, me- zozoy va kaynozoy davriga oid cho’kindi qum-gilli yotqiziklar qoplagan. Kon r-nida ruda maydonlarini tashqil qilgan magnit anomaliyalari mavjud. Kon joylashgan r-n eni 0,2— 3,5 km, o’z. 45 km. Bashorat qilingan za-xirasi 15 mlrd.t dan ziyod (G’e miqdori 25 dan 58,2% gacha). Anomaliyaning Jan. qismida ochiq usulda qazib olish imkoni bo’lgan to’rtta yirik temirli kvarsit koni mavjud. Er ostidan qa-zib olish zahirasi ham bashorat qilingan. Temirli kvarsitlar cho’kindi (terrigen-xemogen) formasiyaga mansub. Boy rudaning hosil bo’lishini ba’zi tadqiqotchilar kvarsitlar po’stining emirilishidan deb hisoblasa, boshqalari gipergen-metamorfogen gene- ZIS yo’li b-n deb izohlaydilar. Yiliga 30 mln. t dan ortiq ruda qazib olinadi.