Kronshtadt

Kronshtadt (1723 y.gacha Kron- shlot) — RF Leningrad viloyatidagi shahar va port. Fin qo’ltig’idagi Kotlin o.da, Sankt-Peterburgdan 29 km g’arbda. Aholisi 45,1 ming kishi (1998). Kema- lar tuzatiladi. Harbiy dengiz muzeyi, radio kashfiyotchisi A. S. Popovnnnt kabinet-muzeyi bor. K.ga 1703 y. Pyotr I Peterburgni dengiz tomondan himoya qiluvchi qal’a sifatida qurdirgan. 18-a. ning 20-y.laridan Boltiq floti baza- si. Istehkomlar (18-a.), dengiz sobori (1903-13), Pyotr I haykali, admiral S. O. Makarov haykali va b. bor. K.dagi futshtokning nolidan mutlaq balandlik o’lchanadi.