Ksilografiya nima?

Yog’ochda gravyura ishlash, uni boshqa bir tarzda ksilografiya deb ham atashadi, 1790 yildan e’tiboran rivojlana boshladi. O’sha kezlari ingliz musavviri Tomas Byuik yog’och taxtachaga tasvir tushirishning qulay usulini taklif etadi. Odatda gravyura chizish uchun taxtachani g’o’lani bo’ylamasiga arralash tariqasida olishar edi. Bunday taxtachalarga tasvir tushirish faqat yo’nalish bo’yicha — oson, ko’ndalangiga esa — qiyin edi. Byuikning ixtirosi quyidagilarni o’z ichiga oladi: u g’o’lani ko’ndalangiga arralar va ko’ndalang kesiklarni uncha katta bo’lmagan to’g’riburchaklarga ajratar, shundan so’ng bir xil qattiqlikdagi kubiklarni tanlab olar va ularni birbiriga o’zaro yelimlab chiqar edi. Qattiq va mutlaqo tep-tekis taxtacha vujudga kelardi. Shunday bo’lsa-da, uning yuzasi nihoyatda qattiq va tasvirni maxsus shtexellar bilan o’yishga to’g’ri kelardi. Byuik ochgan gravyura ishlash tariqasi shitob bilan tarqaldi va yonbosh gravyura deb yuritila boshladi. U XIX asrning fotoreproduktsiya paydo bo’lgan 70-yillariga qadar bezaklarni qayta ishlashning asosiy usuli bo’lib qoldi. Ko’pgina ajoyib rassomlar yog’ochda gravyura ishlash bilan shug’ullanishgan. Ular orasida belgiyalik grafika ustasi Frans Mazarel, shuningdek rus musavvirlari — Goncharov, Kravchenko, Pikov, Favorskiylarni tilga olib o’tish mumkin. Ular jilo bergan bezaklar darj etilgan kitoblar matbaachilik san’atning chinakam durdonalarini o’zida mujassam etgan.