Ofort nima?

Metallga gravyura o’yish-kandakorlik bir talay vaqtni band etardi. Bitta sahifani tayyorlash uchun ustaning bir necha haftalik vaqti sarflanar edi. Shu bois rassomlar ushbu mashaqqatli jarayonni bir oz yengillatish yo’llarini tinimsiz izladilar. Shveytsariyalik graverkandakor Urs graf 1513 yilda mis taxtachaga tasvir tushirishning yangi usulini taklif qildi. U quyidagi amallardan iborat bo’lgan: mis taxtacha avvaliga maxsus lok bilan, shundan so’ng qora bo’yoq bilan qoplanadi. Suvrat chiziqlariliniyalarini unga o’ymasdan, balki maxsus ingichka nina bilan metall yuzasini ochgan holda qirib tushirishgan. Bu ishlarni bajarish esa shtixel bilan botiq shtrixlar chizishga qaraganda ancha oson edi. Shundan so’ng taxtacha chetlari bo’ylab oq mumdan tarnovcha hosil bo’lishi uchun pastakkina roshcha yasashgan, unga o’tkir azot kislotasi aralashmasini quyishgan. Nina metalldan lokni qirib tashlagan joylarda kislota rasm shtrixlarini kuydiradi. Oxirida esa qolipni tozalashgan va odatiy usulda chop etishgan. Bu usulning nomi — ofort — «eau forte» so’zlaridan kelib chiqqan, binobarin frantsuz tilidan tarjima qilganda, «kuchli suv» degan ma’noni anglatadi — o’sha zamonlarda azot kislotasi shunday atalar edi. Ko’pgina rassomlar bu usuldan foydalanishgan va ularning izdoshlari ham bunday istifodani davom ettirmoqdalar. Eng yirik ofortchilardan biri gollandiyalik rassom Rembrandt edi.