Kudunggarlik

Kudunggarlik (forscha)-to’qilgan ip-gazlama, shoyini hamda oshlab olingan charmni urib tekislash, silliqlash va unga jilo berish (pardozlash) kasbi. Kudunggarlik bilan usta-kunggar shug’ullangan. O’rta Osiyo, xususan, O’zbekistonda qadimdan ma’lum. Usta Kudunggarlikda to’qmoqsimon yog’och asbob-kudungdan foydalangan.