Kulon (Coulomb) Sharl Ogyusten

Kulon (Coulomb) Sharl Ogyusten (1736.14.6, Angulem – 1806.23.8, Parij) — frantsuz fizigi va harbiy muhandisi. Frantsiya Akademiyasi a’zo- si (1781 y.dan). Elektrostatika asos- chilaridan biri. Ilmiy ishlari elektr, magnetizm va texnik mexani-kaga oid. O’zi topgan buralish qonunlariga asosan kuch o’lchash asbobi — bu-ralma tarozini yasagan (1784). Buta-rozidan foydala- nib, K. bir ishorali va har xil isho-ra- li nuqtaviy elektr zaryadlarning o’zaro ta’si-rini batafsil tekshirgan. Bu taj- ri-balari asosida elektrostatikaning asosiy qonuni — Kulon qonuninn kashf etgan (1785). O’zining 1785-89 y.larda e’lon qilgan ishlarida elektr zaryadlar hamisha o’tkazgich sirtida joyla-shishi- ni ko’rsatgan. Magnit momenti, zaryad- larning qutblanishi va b. iboralarni fanga kiritgan. Uning eksperimental ishlari elek- tromagnit hodisalar nazariyasining yara- tilishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi.