Kumush to’y
Kumush to’y — er-xotinning oila qurganlariga 25 y. to’lishi munosabati b-n o’tkaziladigan to’y marosimi. Bunga er-xotinning urug’-avlodi, yaqinlari va mahalla ahli taqlif etiladi. K.t.ga ke- luvchilar to’y qiluvchilarga sovg’alar va sarpolar olib kelishadi. O’g’il-qizlar, imkon bo’lsa, ota-onasiga kumush buyum- lar sovg’a qiladilar. Er-xotin eshik ol- dida mehmonlarni shaxsan ko’tib oladi. Mehmonlarga ziyofat beriladi. Kechada er-xotin davraning to’ridan joy oladi. Mehmonlar 25 yoshga to’lgan oilaga, er- xotinga, ularning farzandlariga eng yaxshi tilaqlarini izhor qiladilar. K.t. o’zbeklar uchun yangi odat bo’lib, Evropa xalqlaridan o’tgan. Shahar joylarda ziyo- lilar orasida urf bo’lib bormoqda.