Kun
Kun — erning Quyoshga nisbatan to’la aylanish davri; bir kecha-kunduz- ga teng bo’lgan vakt, sutka. Davomiyli- gi 24 soat b-n o’lchanadi. Bu vaqt ikki xil — haqiqiy Quyosh sutkasi (HQS) va o’rtacha Quyosh sutkasi (O’QS) dey- iluvchi o’lchovlarga ega. HQS ikkita ketma-ket keladigan haqiqiy tush (yoki haqiqiy yarim kecha) vaqtlari orasida- gi vaqt b-n o’lchanadi. HQS, Quyosh yil- lik ko’rinma yo’lining osmon ekvato- riga qiyaligi (og’ish burchagi 23° 26′) va ekliptika (Kuyosh yillik ko’rinma yo’li) bo’ylab harakatning notekisligi tufay- li o’zgarib turadi va shu tufayli undan amalda foydalanib bo’lmaydi. Amalda HQS ning yil davomida o’rtacha qiymati — o’rtacha Quyosh sutkasi — K.ning uzun- ligi sifatida foydalaniladi. Bu vaqt osmon ekvatori bo’ylab, yil davomida, tekis harakatlanadigan o’rtacha Quyosh deyiluvchi faraziy Quyosh markaziga nis- batan erning o’z o’qi atrofida aylanish davri b-n o’lchanadi.