KUNYA

KUNYA — shajarani bildiradigan laqab. Kunya «Abu» bilan ham, «ibn» bilan ham beriladi. Masalan, «Abu Tolib» — «Tolibning otasi», «Abul Qosim» — «Qosimning otasi» kabi. Ba’zan Kunya o’g’li yo’q kishilarga qandaydir biror bola nomi bilan ham berib yuborilgan. Masalan, Arab faylasuf shoiri Abul-a’lo al-Maarriy uylanmagan, lekin «Abul a’lo» Kunyasi bo’lgan.