KUK QO’LTIG’I

KUK QO’LTIG’I, Kevay qo’ltig’i — Tinch okeanda, Alyaskaning Janubiy sohillari yaqinida. Uzunligi 370 kilometr, kengligi 18-111 kilometr, chuqurligi 22-78 metr. Janubiy qirg’oqlari baland, qoyali, kuchli yemirilgan, shimol past. Suv qalqishi sutkalik (12 metrgacha). Kuk qo’ltig’ida Anqorij porti joylashgan. 1779 yilda J. Kuk tadqiq qilgan.