KROSS-KURS

KROSS-KURS — ikki valyutaning kurs nisbati, valyutalarning uchinchi valyutaga kurs nisbatlari asosida aniqlanadi. Kurslardagi farklar valyutalarni almashtirishda qo’shimcha daromad olish yoki yo’qotishlarni kamaytirish imkoniyatini beradi. Masalan, so’m dollarga bevosita almashtirilmay, kurslar nisbatiga qarab, dastlab yevro yoki funt sterlingga, so’ngra bu valyutalar dollarga almashtiriladi.