Kurtak payvand

Kurtak payvand – bir o’simlik ka ikkinchi o’simlikning kurtagini ulash, payvandlash usullaridan biri. K.p.da payvandtagga bitta kurtak ulana- Di. K.p. iyul oxiridan sent. o’rtasigacha o’tkaziladi. K.p. qilishdan 4-5 kun ol- din ko’chatzor sug’oriladi, payvandtag ildiz bo’g’zidan 15-20 sm gacha barcha yon shoxlar olib tashlanib, ho’l latta b-n tozalanadi. Kurtaklar hosilga kirgan, nav xususiyati yaxshi, sog’lom daraxt- larning kun salqin vaqtda ke-silgan qalamchalaridan olinadi. Qalamchadagi barglar 0,5—1 sm band qoldirib ke- siladi. Tayyor qalamchalar payvandlash vaqtigacha ho’l chipta, poxol qabilarga o’ralib, salqin joyda saqlanadi. Payvandlash usuli: payvandtag po’stlog’i yog’ochlik qismigacha 3 sm uzun- likda «T» shaklida payvandlash pichog’i b-n tilinadi, so’ngra po’stloq sal ochila- Di, bu joyga bir oz yog’ochlik qismi b-n ke- sib olingan kurtak o’rnatiladi va chipta, polietilen plyonka b-n bog’lanadi. Pay- vandlash ishi tugagach, ko’chatzor qondirib sug’oriladi. Ulangan kurtaklar 15-16 kunda tutadi. Tutgan kurtakdagi barg bandi tushgan bo’ladi yoki barmoq b-n sal tegilsa, tushib ketadi; tutmaganda barg bandi qurib, kurtak po’stlog’i burishib qoladi. Bunday holda payvandtagning qarama-qarshi tomonidan qayta payvand- lanadi. Payvand to’tib ketgach, kurtak ulangan joydan yuqorisi erta ko’klamda kesib tashlanadi. Vaycha payvand ham kurtak payvandga kiradi, bu usulda aso- san, yong’oq, anjir, Pekan payvandlanadi.