KVAZIDEMOKRATIYA

KVAZIDEMOKRATIYA (lot. kvaci – soxta va demokratiya) — soxta tarzda ko’rsatiluvchi demokratik rejim. Kvazidemokratiyada demokratik prinsiplar rasman o’rnatilgan bo’lsada, lekin unga birinchi navbatda siyosiy elitaning o’zi amal qilmaydi. Bunday rejimda demokratiyaning asosiy vazifasi hokimiyatning legitimligini saqlab turish uchun zarur hisoblanadi.