LAYLAKQO’NDI MASJIDI
LAYLAKQO’NDI MASJIDI, Oxunguzar 1 masjidi — Toshkent shahrining Eski shahar mavzei (zarqaynar ko’cha boshi)dagi memoriy yodgorlik. Qo’qon xoni Norbo’tabiy ((garmoniga ko’ra 1775 yilda toshkentlik ustalar tomonidan qurilgan. Bozorga yaqin bo’lganligi uchun faqat masjid emas. karvonsaroy sifatida ham xizmag qilgan. Masjid poydevori Mirzo Ulug’bek davridagi qurilish uslubida pishiq g’ishtdan 1,5—1,75 metr qalinlikda tiklangan. Devorlarining qalinligi 1.0 metr, tashqi devorlar balandligi 5, X metrni tashkil qiladi. Ta’mnrlash-tiklash ishlari jarayonida o’tkazilgan qazishlar natijasila 17 —19-asrlarga oid sopol buyumlar — naqshlar bilan bezalgan kosa, lagan parchalari, uzunligi 36,5 santimetr, ichki diametri o’lchamlari 12,5 va 15 santimetr bo’lgan suv o’tkazish quvuri topildi. Sho’rolar davrida Laylakqo’ndi masjididan jamg’arma kassa va omborxona sifatida foydalanilgan. Old tomonini to’sib turish maqsadida xo’jalik mollari do’koni qurilgan. 2005 yilning iyun-sentabr oylarida masjid binosi qayta tiklandi. Ta’mirlash ishlariga Samarqand va Toshkentning mashhur ustalari jalb qilindi. Masjid binosi yoniga X ustunli o’ymakor yogoch ayvon qurildi. Atrofi obodonlashtirildi. Masjid binosi yangi qurilgan O’zbek liboslari galereyasi va Bolsyur ijodiyoti uyi binolari bilan uygunlashib, eski Jo’vaga o’zgacha husn berdi.