Leon

Leon (Leon) — Pireney yarim orolining shimoli-g’arbidagi Qirollik (10-13-asrlar). 909-910 yillarda vujudga kelgan. 914 yilda Leon tarkibiga Galisiya viloyati kirgan. 924 yilda Leon va Asturiya viloyati qo’shilib, Birlashgan Leon qirolligini (markazi Leon shahri bo’lgan) tashkil etishgan. 1035 yilda Kastiliya Leondan ajralib mustaqil Qirollik bo’lgan. Leon va Kastiliya 1037-65, 1072-1157 yillar Birlashgan Qirollik (Kastiliya yoki Kastiliya va Leon) ni tashkil etishgan; ularning uzil-kesil birlashishi 1230 yilda sodir bo’lgan.