Liakat Ali xon

Liakat Ali xon (1895.1.10— 1951.16.10) — Pokiston davlat va siyosat arbobi. Pokiston davlatini barpo etish harakati rahbarlaridan biri, yurist. 1923 yildan musulmonlar ligase partiyasining a’zosi, 1936-37 yillarda uning bosh kotibi, 1950 yildan esa prezidenti, 1926 yildan Hindiston viloyat, 1937 yildan esa Hindiston Markaziy qonun chiqaruvchi Majlisi a’zosi. Liakat Ali xon Pokiston davlati barpo etilgach, uning 1-bosh va mudofaa vaziri (1947 yil avgustdan) bo’lgan. U Pokistonda Musulmon ligasi Sharqiy guruhi bilan uning Liakat Ali xon boshchiligidagi g’arbiy guruhi o’rtasida boshlangan hokimiyat uchun kurash jarayonida otib o’ldirilgan.