LIBERAL-ISLOHOTCHILIK

LIBERAL-ISLOHOTCHILIK — feministik mafkura oqimi bo’lib, uning vakillari, xotin- qizlarning erkaklar bilan tengligiga industrial jamiyat doirasida ijtimoiy – iqtisodiy va huquqiy islohotlar, asosan tinchlik mafkurasini izchil qat‘iyat bilan yoyish va egalitarizm prinsiplariga binoan oilaviy rollarni o’zgartirish orqali erishish mumkin, deb hisoblaydilar. Ular shaxsning kamol topishi uchun mehnatning rolini alohida ko’rsatadilar. Chunki kasbiy faoliyat o’z qadr – qimmatini his etishga shakllanishiga imkon beradi, Bu oqim kasb va oila rollarining uyg’unligini yoqlab chiqadilar.