LIBERALIZM

LIBERALIZM — XVII-XVIII aыкlarda Yevropa mamlakatlarida yuzaga kelgan va fuqaroviy, siyosiy, iqtisodiy erkinliklarga oid asosiy qoidalarni e‘lon qilgan gэoyaviy va ijtimoiy-siyosiy oqim. Liberalizm.J.Lokk, A.Smit, shaharMonteske va boshqalarning mutlaq hokimiyatga qarshi qaratilgan nazariyalariga asoslanadi. Liberalizm g’oyalari birinchi bor AQSH Konstitutsiyasi (1787) hamda Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasida (1789) mujassam bo’lgan. Atama sifatida dastavval 1812-yilda Ispaniyada qo’llanilgan. XIX asrning 40-yillariga kelib bu atama butun Yevropaga yoyildi. Liberalizm siyosiy oqim sifatida XV asrdan to XVIII asrgacha bo’lgan davrda shakllanib bordi va u asosan o’rta tabaqalar manfaatlarini o’zida ifoda etdi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Liberalizmning fuqarolik jamiyati, shaxs huquqlari va erkinliklari, huquqiy davlat, demokratik siyosiy muassasalar, xususiy tadbirkorlik va tijorat erkinligiga oid asosiy qoidalari shakllangan. Hozirda Liberalizm g’oyalariga ko’ra, erkin bozor mexanizmi samarali iqtisodiy faoliyat yuritish, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarni tartibga solib turish uchun eng qulay shart-sharoit yaratadi; ayni chog’da bozor va raqobatchilik normal sharoitda rivojlanishi uchun bu sohaga davlatning muntazam ravishda aralashuvi zarur. Bu mafkura parlament tuzumining muhim siyosiy muammolarni hal etishda murosayu – madora, konsensusning tarafdoridir. U davlatning haddan ziyod iqtisodiy va sotsial funksiyalariga salbiy munosabatdadir. Liberalizm hokimiyatning taqimlanishi, siyosiy plyuralizm, elitalarning raqobati, qonunning ustuvorligini e‘tirof etadi. U fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta‘minlashni o’zining asosiy maqsadi, deb biladi. XX asr oxirida Liberalizm, konservatizm va sotsial-demokratiya g’oyalari bir-biriga yaqinlashdi. Liberalizm g’arb siyosiy madaniyatidagi yetakchi g’oyalar madaniyati hisoblanadi.