LOBBISTLAR

LOBBISTLAR — zarur axborotlarni to‗plashga va hokimiyat organlarini o’zlari mansub bo’lgan guruhlar foydasiga qaratilgan qarorlar qabul qildirishga qodir bo’lgan yuqori malakali mutaxassislardir. Lobbistlar o’zlarining mijozlari uchun moliyaviy foyda yoki boshqa imtiyozlarni qo’lga kiritadilar. Ular tez – tez manfaatli guruhlar bilan siyosiy arboblar, shu jum. qonun chiqaruvchilar va hukumat a‘zolari o’rtasidagi turli kelishuvlarda vositachi rolini bajaradilar va shu bilan mamlakatning siyosiy yo’lini shakllantirishga muhim ta‘sir o’tkazadilar.