Lolaqizg’aldoq
Lolaqizg’aldoq (Papaver pavoninum Schrenk) — ko’knordoshlar oilasiga mansub bir yillik o’t. Bo’yi 10— 40 santimetr. Poyasi dag’al tuklar bilan qoplangan, tub barglari uzun bandli, poyadagilari bandsiz. Barg plastinkasi ikki karra patsimon qirqilgan. Gullari yirik, gultojbarglari qizil, tubida yoysimon qora dog’i bor. Mevasi dag’al tuklar bilan qoplangan, dumaloq ko’sak. Aprelda gullaydi, mayning oxirida mevalaydi, iyunda quriydi. Lolaqizg’aldoq cho’llar, adirlar, bog’lar, yo’l yoqalari va bahorgi ekinlar orasida ko’p uchraydi. Poyasi, bargi va gullarida 0,1% alkaloid bor. Gultojbarglarining suvi xalq tabobatida oftob urgan bolalarga ichiriladi, shuningdek, og’rigan ko’zni yuvish uchun ishlatiladi. Lolaqizg’aldoqni mollar yemaydi, pichanga aralashsa (ayniqsa, gullaganda) chorva mollarini zaxarlashi mumkin.
O‘xshash so‘zlar
- LOMBARD
- Lome
- Lomonosov Mixail Vasilevich
- LONDON
- London (London) Jek
- London ilm-fan muzeyi, Ilm-fan va sanoat milliy muzeyi
- London qirollik jamiyati, tabiat haqidagi bilimlar taraqqiyoti bo’yicha London Qirollik jamiyati
- London universiteti






