Lo’lilar

Lo’lilar-ko’chmanchi xalq. Jahonda barcha mamlakatlarda tarqoq holda yashaydi. Lo’lilarning O’zbekistonning ayrim hududlarida mo’ltoni, ayrim guruhlarining jo’gi (hindcha, kambag’al, qashshoq), hindistoniy, bo’lujiy deb atalishi ham ularning asl vatani Hindiston bo’lganini tasdiqlaydi. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, lo’lilarning dastlabki guruhlari milodning boshlarida, V-VII asrlar va keyingi davrlarda Shimoliy Hindistondan tarqala boshlagan. O’rta Osiyo lo’lilarini tub aholi lo’li, jo’gi, mazang deb ataydi. Qadimdan Samarqand, Buxoro, Toshkent, Farg’ona, Qo’qon, Qarshi kabi shaharlar atrofida yashab keladi. Lo’lilar o’zbek va tojik tillarida gaplashadilar, ammo tojik tili ularning turmushida asosiy hisoblanadi. Ular islom diniga e’tiqod qiladilar.