Lutfullayev Eson
Lutfullayev Eson (1935.25.11, Forish tumani — 2000.1.12, Toshkent) — O’zbekiston xalq hofizi (1997). H. Olimjon nomidagi Samarqand drama teatri (1956-57), O’zbek davlat filarmoniyasi (1957-60), «maqom» ansambli (1960-2000)da ishlagan. Yoqimli, diapazoni keng va kuchli ovoz sohibi. Ustozlari J. Sultonov va M. Uzoqov an’analarining davomchisi. Repertuaridan maqom va mumtoch ashula yo’llari («Navro’zi sabo». «Feruz I —II». «Mo’g’ulchai Navo». «Chapandozi Bayot», «Chorgoh I», «Buxoro irog’i», «Suvora» va boshqalar), katta ashulalar («sog’indim», «Ohkim» va boshqalar), 100 ga yaqin o’zi bastalagan ashulalar («Ko’ziga surma qildi», «yuragi toza bo’lsin», «zor etma», «Dastingdan», «noz uyqusi», «Afsona deb» va boshqalar) o’rin olgan. O’zbekiston televideniyesida Lutfullayev ijodiga bag’ishlangan 2 ta videofilm («Eson Lutfullaev kuylaydi», 1991; «bokira tuyg’ular», 1998) suratga olingan, Lutfullayev ijro etgan ashulalar gramplastinkada chiqarilgan («eson Lutfullaev kuylaydi» va boshqalar).