Lyunet, Lyunetta

Lyunet, Lyunetta (fransuzcha lunette)-me’morchilikda-gumbaz yoki devor (eshik tepasi)dagi ravoqsimon darcha. Lyunet xonani shamollatish uchun oynavandli qilinadi; oddiy ravoqsimon hoshiya, ba’zan naqsh va haykallar bilan bezatiladi.