Lyutnya

Lyutnya (polshacha lutniya, arabcha al-ul-ayni ma’nosi xushbo’y daraxt)-torli tirnama musiqa cholg’usi. Kosaxonasi katta, dastasi kalta va keng, quloqlar joylash uchi qayrilgan. 6-11 ichak tori, 4 (XVI asrdan boshlab 11) pardasi bo’lgan. O’rta Osiyodan arab mamlakatlari orqali Ispaniya va Sitsiliyaga o’tgan ud asosida yuzaga kelib, XIV asrda Lyutnya nomi bilan butun Yevropaga tarqalgan.