Madinat azzahra saroy majmuasi

Madinat azzahra saroy majmuasi — Kordova (Ispaniya) dagi me’moriy yodgorlik (10-asr). Shahar tashqarisida. Kordova shahridan 5 kilometr shimoli- g’arbda Serra-Morena yon bag’riga qurilgan (936). Qurilishda 1000 ga yaqin ishchi qatnashgan, davlat xazinasining uchdan bir qismi sarf qilingan. Tarhi 1500×750 metr, tog’yon bag’rida 3 pog’onali qilib ko’tarilgan. Yuqorida shimoldan qal’a devori bilan tutash. Saroy, masjid, bog’va xizmatchilar uyidan iborat. Saroyning qabulxona zali 5 ta o’zaro bog’langan ravoqli neflarga ajratilgan, erkin ochiladigan, oldi peshayvonli. Bunday tuzilish an’anaviy masjid loyihasini esga soladi. Zallari to’sin bilan yopilgan, tomi cherepisali. Old qismi keng hovlili, turar joy xonalari ichki hovli atrofida joylashgan. Qurilish uchun marmar va 1000 ga yaqin ustunlar Afrika, Vizantiya, Italiyadan kelti- rilgan. Saroy devorlari taroshlangan toshdan o’ymakorlik bilan qoplangan. O’yma marmar o’simliksimon mavzularga, egiluvchan poyalarga ega. Devorlardagi o’yma bezaklarda o’simliksimon naqshlar yetakchilik qilib, orasiga akant ham ishlangan. Ichki devor tepasi qizil va sariq tusdagi naqshlar bilan bezatilgan. Pollari qizil g’isht va oq toshdan, rangbarang ustunlik qiluvchi geometrik parchinlar bilan qoplangan. Vizantiya imperatori yuborgan favvoralar: inson qiyofasidagi tilla halli jezdan, hayvon qiyofasidagi sof oltinli ko’k marmardan ishlangan. Majmua yechimida ispan-musulmon san’ati yangi davrini yaratish o’zlashtirilgan.