Madrasa
Madrasa-musulmon ilohiyoti masalalarini sharhlab berib turadigan markaz. U madrasa sifatida arablarda VII-VIII asrlarda paydo bolgan. Keyinchalik ayrim masjidlar qoshida ilohiyot maktablari tarkib topib, madrasa deb atala boshlagan. Madrasalar xonlar va yirik yer egalari, boylar va boshqa davlatmand kishilar tomonidan qurdirilgan, Madrasani qurdiruvchilar madrasa uchun vaqf ajratib, madrasa mutavallisini tayinlaganlar. Mutavalli vaqfdan tushgan daromadni mudarris, mullavachcha, imom va boshqalarga taqsimlagan. Madrasaga maktabni tugatgan o’spirinlar qabula qilingan. O’rta Osiyodagi madrasalarda arab va fors tilida yozilgan “Avvali ilm” kitobi o’qitilgan. Ayrim madrasalarda tibbiyot, aruz ilmi, falsafa, geografiya va boshqa fanlar ham o’qitilgan. Madrasaning har bir bosqichida o’qish muddati 3-4 yil davom etgan.