Magnit materiallar

Magnit materiallar – kuchsiz magnit maydonlarda magnitlanadigan va bu maydonlarning qiymatini jiddiy o’zgartiradigan materiallar. Tabiiy magnitlangan mineral — magnetit (magnit temirtosh) qadimdan ma’lum bo’lgan. Xitoyda 2 ming y.lar ilgariyoq undan magnit kompasining mili (strelkasi) yasalgan. Magnetit — kuchsiz magnetik. 19-asrdax. K. Ersted, M. Faradey, E. X. Leni, elektr magnetizm qonunlarini ochishdi, B. S. Yakobi o’zgarmas tok mashinalarini, P. N. Yablochkov o’zgaruvchan tok generatori va transformatorini yaratishdi, M. O. Dolivo-Dobrovolskiy uch fazali tokni kashf etdi. Shundan so’ng ancha kuchli magnetik — temir amadda Magnit materiallar sifatida ishlatila boshladi. 1990-yildan telektrotexnikada temir silisiyli po’lat, aloqa texnikasida temirnikelli qotishmalar keng tarqaldi. Ferromagnetizm nazariyasining taraqqiyoti yangidan-yangi Magnit materiallar ishlab chiqarishni ancha tezlashtirdi. 20-asr o’rtalarida oksid Magnit materiallar — ferritlar paydo bo’ldi. Magnitlanish va qayta magnitlanish xossalariga qarab Magnit materiallar ferromagnetiklar, ferritlar, magnit jihatdan yumshoq va magnit jihatdan qattiq materiallarga bo’linadi. Magnit jihatdan yumshoq materi allarning boshlang’ich va maksimal magnit kirituvchanligi yuqori; to’yinish magnit induktsiyasi — 0,2 — 2,4 T, koersitiv kuchi — 0,5 — 10 A/m, solishtirma elektr qarshiligi 10~7 — 10~8 Om-m. Bularga molibden bilan legirlangan temir, temirnikelli qotishmalar, vanadiy qo’shilmali temir-kobaltli qotishmalar, temirnikel-kobaltli qotishmalar, marganesruxli, nikelruxli ferritlar, elektrotexnika po’lati, shuningdek, magnit dielektriklar, magnitostriktsion materiallar va boshqalar kiradi. Ulardan magnit o’tkazgichlar, drossellar, elektromagnit rele, transformator o’zaklari, ferritlardan magnit antennalar va boshqalar tayyorlanadi. Magnit jihatdan qattiq material l arning koersitiv kuchi (5-yu3 — 1 ■ 105 A/m), qoldiq magnit induktsiyasi (0,2—1,2 T) va magnit energiyasi (103-105 T A/m) ning kattaligi bilan farq qiladi. Bularga magnitli po’lat, temir-kobaltmolibdenvolfram, temirnikel-alyuminiykobalt asosidagi qotishmalar, platina-kobalt, berilliyli, strontsiyli va kobaltli ferritlar, magnit jihatdan qattiq dielektriklar kiradi. Magnit jihatdan qattiq materiallardan, asosan, o’lchash asboblarida, mikrodvigatel va gisterezis elektr dvigatellarda, soat mexanizmlarida ishlatiladigan doimiy magnit tayyorlanadi. Elektrotexnika po’latiga oltingururt bilan legirlangan temir asosidagi qotishmalar kiradi. Tarkibida 0,1—0,3% marganes ham bo’ladi. Bulardan elektr toki generatorlari, transformatorlar, elektr dvigatellar va boshqalar ishlab chiqariladi. Maxsus Magnit materiallarga termomagnit qotishmalar va magnitostriktsion materiallar kiradi. Termomagnit qotishmalar temperatura ta’sirida asboblarning magnit tizimlarida magnit oqimlari o’zgarishlarini sezdirmaslik uchun ishlatiladi. Magnitostriktsion materiallar yordamida elektromagnit energiya mexanik energiyaga aylantiriladi.