Mahdiylik
Mahdiylik-zamona oxir bo’lganda imom Mahdiy yerga qaytib keladi va adolatli tuzum o’rnatadi deb hisoblaydigan diniy ta’limot. Bu ta’limot dastlab shialar o’rtasida kelib chiqqan, keyinchalik sunniylar orasida ham qisman tarqalgan. Islom mamlakatlarida Mahdiylik g’oyalaridan ayrim davlatga qarshi harakatlarning rahnamolari ham foydalangan. Masalan, Eronda bobiylar qo’zg’oloni boshlig’i Ali Muhammad hamda 1881 yili Sudanda dehqonlar va ko’chmanchilarning isyoniga rahbarlik qilgan Muhammad ibn Ahmad (1848-1885) va boshqa o’zlarini Mahdiy deb e’lon qilgan.