MAHSULOTNING BOJ QIYMATI
MAHSULOTNING BOJ QIYMATI – mahsulot chegaradan o’tayotgan paytda uning egasi tomonidan e’lon qilinadigan qiymat. Uning to’g’riligini aniqlash ustidan nazorat mahsulotlarni rasmiylashtiruvchi bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi. Mahsulotlarning boj qiymatini aniqlashda turli metodlardan foydalaniladi: a) kiritilayotgan mahsulotlarning bitim bahosi bo’yicha (eng ko’p qo’llaniladigan metod); b) turdosh (bir turdagi, birxildagi) mahsulotlar bitim bahosiga ko’ra; v) qiymatni hisoblash metodi bo’yicha; g) qiymatlarni qo’shish yo’li bilan; d) rezerv metodi bo’yicha.
O‘xshash so‘zlar
- MAHSULOTNING MARJINALLIGI
- MAHSULOTNING UMUMIY HAJMI
- MAHSULOTNING HAYOTIY DAVRI
- MAHSULOTNING YASHASH DAVRI
- MAHSULOTNING MEHNAT SIG’IMI
- MAHSULOTNING TEXNIK DARAJASI
- MAHSULOTNING MATERIAL SIG’IMI
- MAHSULOTNING MUVOZANAT MIQDORI











