MAJDIDDIN MUHAMMAD
MAJDIDDIN MUHAMMAD, Xoja Majdiddin Muhammad Xavofiy (? — 1494 y. avg.) — Husayn Boyqaro davlatining yirik mansabdor shaxsla- ridan biri, vazir (1487-1490). Otasi G’iyosiddin Pir Ahmad Xavofiy Hirotda Shohrushing vaziri (1417-47) bo’lgan. M.M. Abu Said davrida oddiy Mirza, so’ngra Husayn Boyqaroning jiyani Mir- zo Muhammad Sultonning vaziri bo’lgan. Sulton Husayn Boyqaro undan M. M.ni so’rab olib, parvonachi mansabiga o’tqazgan (1472), M. M. saroy va mamlakatdagi ish- lar xususida sultonga axborot berar, qabul qilingan qarorlarni yozib olar va o’z muhrini Sulton muhri b-n yonma- yon qo’yardi; shu tufayli hukmdorlarning noibi (o’rin-bosari) hisoblangan. Biroq M. M. b-n Alisherbekning o’zaro muno- sabatlari murakkab edi. Buning ustiga saroy vazirlari Nizomulmulk va Xoja Afzaliddin Muhammadlar M. M.ga qarshi fitna qo’zg’atib, uni sultonga qoralay boshlab, M. M.ni 60 ming dinor to’lashga majbur etishgan. U parvonachi mansabini saqlab qolgan, biroq devon ishlariga aralashmasligi lozim bo’lgan (1478 y.). 1487 y. Alisherbek Astrobod hokimi etib tayinlangach, M. M. devon ishlariga yana aralasha boshlagan, dastla – biga u ma’lum hokimiyatga ega bo’lmagan. Xazina bo’shab qolib, sultonga 2 tuman pul zarur bo’lib qolganda M. M. Sulton- ga nafaqat 2 tuman balki 2000 tumanni ham osonlik b-n topishi mumkinligini aytadi. Ertasi kuni M. M.ga keng vako- latlar beriladi: unga hukmdor nomidan muhr bosish, barcha ariza va shikoyatlar- ni ko’rib chiqish huquqi beriladi. M. M. «saltanat va podshohlikning ishonchli kishisi» unvoniga ega bo’lgan. Amaldor- lar poraxo’rliklari uchun javobgarlikka tortilgan va qisqa mudsat ichida ulardan 2000 tuman pul to’plab olingan. Alisherbek 1490 y. Hirotga qaytgach,M. M.ning ta’siri zaiflasha boshlagan. Balxda Darveshali qo’zg’olon ko’targanligi haqidagi xabar Hirotga etib kelganda, Sulton Husayn Boyqaro davlat manfaatlarini ko’zlab, M. M.ni vaktincha hokimiyatdan chetlashtiradi. M. M.ni barlos beklari, mashhur Su- fiy shoir Abdurahmon Jomiy qo’llab- quvvatlaydi. M. M. barlos beklari yordamida Sulton qabuliga kirishga muvaffaq bo’ladi, u hukmdorga 20 ming dinor peshkash qiladi, lekin oradan bir necha kun o’tgach, barlos beklari va M. M. hibsgaolinadi. M. M. barcha gunoxlarni o’z bo’yniga olgan. Uning mol-mulki taf- tish qilinganda hech kim kutmagan no- dir, qimmatbaho buyumlar topilgan. M. M. bir qancha to’lov shartnomalarga imzo chekkach, ozod qilingan. M. M. farangilar (evropaliklar) karvoni b-n Kirmonga qochadi, u erdan Makkaga, haj ziyoratiga jo’naydi, biroq manzilga eta olmaydi, yo’lda, Arabistondagi Tobuk degan erda vafot etadi. Ad.: Bartold V. V., t. II chast II, so- chineniya, M., 1964; Boburnoma, T., 1989. Turg’un Fayziev.