Major
Major-o’zbek xalqi tarkibiga kirgan urug’lardan biri. Major urug’i XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Samarqand atrofidagi tog’ yon bag’irlarida va Narpay arig’i bo’ylarida, Shahrisabz vohasida yashagan. Bundan tashqari, o’zbek-saroylar tarkibiga kirgan urug’lardan birining nomi ham major (major-saroy) bo’lgan. Ba’zi olimlar o’zbeklar tarkibidagi majorlarning ilk ajdodlari qadimdan Kama daryosi bo’ylarida yashab, keyinchalik vengrlar etnogenezida muhim rol o’yngan madyar qabilalari bilan aloqador bo’lsa kerak deb hisoblaydilar.