Majzub Namangoniy

Majzub Namangoniy (taxallu- si; asl ismi Abdulaziz) [18-a. 2-yarmi, Qarshi — 1849 (1857), Namangan] — shoir. O’zbek tasavvuf adabiyotining Yi- rik namoyandalaridan biri. Buxoro ma- drasalarida tahsil ko’rgan. Shu erda xa- lifa Husayn Yangiqo’rg’oniydan tasavvuf ta’limini olgan. M. tasavvufda zikri jaxriya (oshko- ra zikr) yo’lining o’ziga xos uslubini tatbiq etgan. Uning qalamiga mansub «Devon»ga kirgan «Soqiynoma» (181 sahifa) sufiylarning suhbatlarida Max- sus maqom b-n O’qilgan. Bu esa, o’z navba- tida, zikr vazifasini ham o’tagan. Unga ergashuvchilarni majzubiylar deb atash- gan. 19-a.da Turkistonda majzubxonlik keng tarqalgan. M. asarlari o’z davrida va keyinchalik ham ko’plab qo’lyozma man- balardan o’rin olgan, to’plamlar holida bir necha bor nashr etilgan va keng tarqalgan. M.ning o’zbek va fors tillarida alo-hida-alohida «Devon»i bo’lib, ularning asosiy qismini g’azal, mu- xammas, qasida, soqiynoma tashkil etadi. Bundan tashqari, M.ning fors tilida yaratilgan «Tazkirai maj- zub Namangoniy» nomli asari ham bor. Bu tazkira tasavvuf shayxlari va sufiyona istilohlar mazmuniga bag’ishlangan. «Devoni Majzub», «Tazkirai Hazrati Majzub Naman- goniy» asarlari O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-ti qo’lyozmalar fondida saqlanadi (inv. №1018; 2662, 2125,2567, 1481). Ad.: Tazkirai Qayyumiy, [1kitob], T., 1998; Ostonaqulov I., Farg’onalik va- liylar, T., 2001. Otabek Jo’raboev.