Malein angidrid, tsis etilen
Malein angidrid, tsis etilen — 1,2 dikarbon kislota angidridi; 2,5 – furandion, rangeiz kristallar. Suyuqlanish temperaturasi 52,85°, qaynash temperaturasi 202°; zichligi 1480 kg/m3 (a – modifikatsiya), 1487 kg/m3 (R), 1638 kg/m’ (u). Suvda eritilganda (25° da 41%) malein kislota hosil bo’ladi. Sanoatda benzolni yoki n — butanni katalitik oksidlash yo’li bilan olinadi. To’yinmagan poliefir smolalar, fumar va olma kislotalar, malein kislota gidrazidi (o’stiruvchi modda), defoliantlar, fungisidlar, insektisidlar sintezida, surkov moylariga qo’shimcha, alkid smolalarga modifikator sifatida qo’llanadi.