Maligin Vasiliy Stepanovich

Maligin Vasiliy Stepanovich (1882.25.1, hozirgi Rossiya Federatsiyasi Kirov viloyati — 1951.2.9, Toshkent) — meliorator, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1947), professor (1933). Moskva qishloq xo’jaligi institutini tugatgan (1911). Mirzacho’l tajriba dalasida laboratoriya mudiri (1911 — 13), Zarafshon tajriba dalasi boshlig’i (1913-17), Turkiston ASSR Davlat reja qo’mitasida qishloq xo’jaligi sektsiyasi raisi (1922-24). Yo’lagan tajriba stansiyasi (Turkmaniston)da bo’lim boshlig’i, direktor (1924-27), Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutida dotsent (1931-33), Toshkent qishloq xo’jaligi institutida kafedra mudiri (1933-51). O’zbekistonda oliy qishloq xo’jaligi ta’limini rivojlantirishga katta hissa qo’shgan.