Malik

Malik-Islomgacha bo’lgan arab davlatlarining hukmdorlari. Markaziy va Janubiy-Sharqiy Arabistondagi qabilalar uyushmasi boshliqlari. Islom paydo bo’lgach, malik so’zi arablar tomonidan musulmon bo’lmagan hukmdorlarga nisbatan qo’llanilgan. Arab xalifaligi tanazzulga uchragach, xalifalik hududida vujudga kelgan ba’zi mustaqil davlatlarning hukmdorlari malik deb yuritilgan. XIII-XIV asrlarda mo’g’ullar bosib olgan ba’zi davlatlarning mahalliy feodal hukmdorlari ham malik deyilgan.