MANDAT

MANDAT (lot. mandatum – topshiriq) — biror shaxsning vakolatini, muayyan narsaga huquqini tasdiklovchi hujjat, masalan, deputatlik Mandati. Saylov qonunchiligida bir Mandatlik, ikki Mandatlik yoki ko’p Mandatlik saylov okrugi tushunchalari mavjud. Bu ana shu okrugda bir, ikki, uch yoki bir qancha deputatga ovoz berishni bildiradi.