Manfiy qarshilik
Manfiy qarshilik – elektr zanjiridan o’tayotgan tok ko’payganda zanjir bo’lagida kuchlanishning pasayishi. Zanjirning Manfiy qarshilikka ega bo’lgan bo’lagi elektr energiyani ierof qilmaydi, balki zanjirda energiya ortadi. Bunday vazifani zanjir tarkibiga kirgan qo’shimcha manba bajaradi. Manbaning energiyasi chekli bo’lganidan Manfiy qarshilik tok va kuchlanishning biror qiymatlarida mavjud bo’lishi mumkin. Masalan, elektr zanjirga kiritilgan ba’zi bir gazrazryad asboblarda Manfiy qarshilik bo’ladi.