Manoqib
Manoqib (arabcha-fazilat), Agiografiya (yunoncha agios-muqaddas va grafiya)-buyuk kishilar, atoqli san’atkorlar, shuningdek, din namoyondalari haqida yozilgan xotira asari. Manoqib, asosan, shu kishilarning hayot yo’li bilan tanish yoki maslakdosh bo’lgan kishilar tomonidan yozilgan. Manoqiblar dastlabki paytlarda din peshvolari (Muhammad payg’ambar, Ali va boshqalar)ga bag’ishlangan. Ularda muayyan shaxsning turmush faoliyati uchun xos xususiyatlar aks ettirilgan.