Mariupol

Mariupol (1948-89 yillarda Jdanov) — Ukrainaning Donesk viloyatidagi shahar, Azov dengizidagi port. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 504 ming kishi (1997). 2 metallsozlik kombinati (shu jumladan «Azovstal»), mashinasozlik (og’ir mashinasozlik, «Elektrobitpribor», kema ta’mirlash va boshqa zavodlar), kimyo va kokskimyo, oziq-ovqat sanoati mavjud. Metallurgiya instituti, teatr, o’lkashunoslik, etnografiya muzeylari bor. Iqlimiy va balchiq bilan davolash kurortlari faoliyat ko’rsatadi. Mariupolga 1778 yilda asos solingan, 1779 yildan shahar huquqini olgan.