Mariya Styuart

Mariya Styuart (Mary Stuart) (1542,7/8.12, Linlitgou, Shotlandiya — 1587.8.2, Foteringey qasri, Angliya) — Shotlandiya qirolichasi (1542, amalda 1561 yildan — 1567); Angliya taxtiga ham da’vogarlik qilgan. Shotlandiyada kalvinchi zodagonlarning qo’zg’olon ko’tarishi uni taxtdan voz kechishiga va Angliyaga qochishga majbur qilgan. Angliya qirolichasi Yelizaveta I farmoni bilan turmaga tashlangan. Katoliklar tomonidan uyushtirilgan bir qator fitnalarga aralashgani tufayli sudga berilib, qatl etilgan. Badiiy adabiyotlarda (jumladan, F. Shiller tragediyasida) Mariya Styuart obrazi, odatda, ideallashtirib berilgan.