Marten (Martin) Per

Marten (Martin) Per (1824.18.8, Burj, Frantsiya — 1915.25.5, Furshambo, Frantsiya) — frantsuz metallurgi, alangali pechda po’lat eritish asoschisi. Konchilik maktabini bitirgandan so’ng otasining metallurgiya zavodida ishlagan; 1854-83 yillar metallurgiya zavodi direktori. Regeneratorsh alangali pechda quyma po’lat olish usulini taklif qilgan (1864). Bu pech keyinchalik Marten pechi nomini olgan. Marten taklif qilgan Marten jarayoni metallurgiyada 19-asr 70-yillaridan boshlab hozirgacha keng qo’llaniladi.