MARKAZIY AMERIKA DAVLATLARI TASHKILOTI

MARKAZIY AMERIKA DAVLATLARI TASHKILOTI — xalqaro tashkilot, 1951-yil 14-oktabrda Gvatemala, Salvador, Gonduras, Nikaragua, Kostarika davlatlari o’rtasida tuzilgan. Maqsadi – Markaziy Amerika davlatlarining iqtisodiy va siyosiy integratsiyasi; madaniy hamkorlik. Oliy organi davlat boshliqlarining kengashi (muntazam o’tkazib turilmaydi), asosiy organi tashqi ishlar vazirlari kengashi. Doimiy organi – Ijroiya kengashi (San-Salvadorda joylashgan).