MARKAZIY AMERIKA DAVLATLARI TASHKILOTI

Ma’nosi

MARKAZIY AMERIKA DAVLATLARI TASHKILOTI — xalqaro tashkilot, 1951-yil 14-oktabrda Gvatemala, Salvador, Gonduras, Nikaragua, Kostarika davlatlari o’rtasida tuzilgan. Maqsadi – Markaziy Amerika davlatlarining iqtisodiy va siyosiy integratsiyasi; madaniy hamkorlik. Oliy organi – davlat boshliqlarining kengashi (muntazam o’tkazib turilmaydi), asosiy organi – tashqi ishlar vazirlari kengashi. Doimiy organi – Ijroiya kengashi (San-Salvadorda joylashgan).

O‘xshash so‘zlar

M harfiga oid fuqarolik jamiyatiga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar