Marshal

Marshal (fransuzcha marechal)-1) o’rta asrlarda Fransiyada saroy mulozimlari unvoni (XVI asrgacha); 2) bir qancha davlatlar (Fransiyada XVI asrdan) armiyalaridagi oliy harbiy unvon; Marshal unvoni XIX asrda Ispaniya, Turkiya (mushir), Italiya, Yaponiya, XX asrda Buyuk Britaniya, Hindiston, Polsha, Finlandiya, Ruminiya, Xitoy, Koreya, Mo’g’uliston, Bolgariya va boshqa davlatlarga kiritilgan. Buyuk Britaniya, Prussiya (keyinroq Germaniya), Avstriya (keyinroq Avstriya-Vengriya) va Rossiyada Marshal unvoni general-feldmarshal unvoniga muvofiq keladi. Hozirgi Rossiya armiyasida oliy harbiy unvon; 3) Polshada ba’zi mansabbor shaxslar unvoni (seym Marshali, seym-vitse Marshali).