Marshall rejasi

Marshall rejasi-2-jahon urushidan keyin Yevropani AQSh va Kanadaning iqtisodiy yordami bilan tiklash hamda rivojlantirish dasturi; bu rejani 1947 yil 5 iyunda AQSh davlat kotibi, general J.K.Marshal (1880-1959) ishlab chiqqan va uni amalga oshirish 1948-1951 yillarga mo’ljallangan. Rejani amalga oshirish bo’yicha G’arbiy Yevropadagi 16 davlat: Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Shvetsiya, Norvegiya, Daniya, Irlandiya, Islandiya, Portugaliya, Avstriya, Shvetsariya, Gretsiya hamda Turkiya Marshall rejasida ishtirok etishga rozi bo’ldi va Yevropa iqtisodiy jamiyatini tuzish haqidagi konventsiyani qabul qildi. Keyinchalik Marshall rejasi va G’arbiy Germaniya ham jalb etildi.