Mart idalari nima degani?

Qadimgi Rim kalendaridagi uchta muayyan sanadan birini ida deb atashgan. Idalar mart, may, iyul va oktyabr oylarining 15 kuniga va boshqa oylarning esa 13 — kuniga to’g’ri kelgan. Boshqa kunlar nona va kalenda deb atalgan. Har bir oyning birinchi kuni — bular kalenda deyilgan (uni yangi oyga bog’lashgan). Idagacha bo’lgan 9 kunlik sana nona deyilgan, ya’ni oyga qarab 5 yoki 7 kun bo’lgan. Yana bir qiziq tomoni shundaki, har bir sanadagi kunlar teskari tartibda, oxiridan boshlab hisoblangan. Martdagi idalar shu narsa bilan mashhurki, xuddi shu kunlarda Rim diktatori Gay Yuliy Tsezar o’ldirilgan. Bu voqea Senatda ro’y bergan. To’gri, bir bashoratchi konsulni senatorlar fitnasidan voqif qilgan, bunda mart idasidan ehtiyot bo’lishni maslahat bergan, biroq Tsezar bunga quloq ham solmagan.