Matriarxat

Matriarxat (lotincha mater-ona va yunoncha arche-ibtido, hokimiyat; ayni ma’nosi ona hukmronligi)-asosan, ibtidoiy jamiyatning ilk davridagi ijtimoiy tuzum shakllaridan biri. Ba’zi xalqlarda patriarxatdan oldin mavjud bo’lgan, ayrimlarida urug’chilik tuzumidan sinfiy jamiyatga o’tish davrida ham saqlangan. Matriarxatda ayollar hukmron mavqega ega bo’lgan, mulk va nasl-nasab sotsial mavqe ona urug’i bo’yicha o’tgan, nikohdan so’ng er xotin jamoasiga ko’chgan (matrilokal nikoh) yoki er va xotin o’z jamoalarida alohida-alohida yashagan. Matriarxat Janubiy-Sharqiy Osiyodagi ayrim xalqlar (masalan, Minangkabau va mikronezlarning ayrim guruhlari)da hozirgisi saqlanib qolgan.