MAYNOT (MINOT) JORJ RICHARDE

Ma’nosi

MAYNOT (MINOT) JORJ RICHARDE (1885-1950) — amerikalik patofiziolog va gematolog. Garvard universitetini tugatgan (1912), shu universitet professor (1928). Ilmiy ishlari har xil anemiyalarning kelib chiqishi va ularni davolashga oid. Pernisioz anemiyani davolashda «jigar parhez»ni kashf qilgan. Nobel mukofoti laureati (1934; U.P. Myorfi va J. Uipl bilan hamkorlikda).

O‘xshash so‘zlar

M harfi: barcha so‘zlar