Mayns

Mayns — Germaniyadagi shahar. Reyn daryosi bo’yida, Reynland-Pfals yerida. Aholisi 185,9 ming kishi (1998). Transport yo’llari tuguni, daryo porti. Transport mashinasozligining yirik markazi. Elektrotexnika, kimyo, ko’n- poyabzal, to’qimachilik, yog’ochsozlik, oyna, tsement, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Reyn vinolari savdosi markazi. Universitet (1477), konservatoriya, fan va adabiyot akademiyasi, milliy teatr, Gutenberg muzeyi va boshqa muzeylar bor. Me’moriy yodgorliklardan sobor, gotika cherkovi, kyurfyurstlar qasri va boshqalar saqlangan. Shaharga miloddan avvalgi 1-asrda qadimgi rimliklarning Mogontsiakum lageri sifatida asos solingan.